Prezident mashina olishdagi navbatlarni toʻliq bartaraf etish va avtomobillar uchun oldindan toʻlov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirishga topshiriq berdi

Saqlash
23:44 / 14.02.2022 905 0

Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

 

Yigʻilishda Prezidentimiz sohaga masʼul «Oʻzavtosanoat» AJ raisi Sh.Umurzoqovga ishlab chiqarishni oshirish va aholimizning talabini toʻliq qondirish boʻyicha tinimsiz ishlashi shartligi koʻrsatib oʻtdi.

 

Shuningdek, jahonda mikrochiplar ishlab chiqarish va xalqaro logistika bilan bogʻliq muammolardan kelib chiqib yangi yondashuv va yechimlar topish zarur.

 

Umuman, mashinasozlik tarmogʻi sanoatning “drayver” sohalaridan biri boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

 

Bu borada, besh yillik Taraqqiyot strategiyasida avtomobil ishlab chiqarishni 1,4 barobarga, eksportini esa 2 barobarga oshirish belgilab olingan.

 

Shu munosabat bilan 1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni toʻliq bartaraf etish, “UzAuto Motors” avtomobillari uchun oldindan toʻlov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish vazifasi qoʻyildi.

 

Shuningdek, Sh.Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida ochiq-oshkora va inson omilidan xoli tizimni yoʻlga qoʻyib, sunʼiy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yoʻq qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//