Madaniyat
9-may kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “O‘zbek arsloni” badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinokonserni hamda “CINEMA OF CENTRAL ASIA” studiyasi hamkorligida suratga olingan.
Ikkinchi jahon urushi fonida yaratilgan ushbu film oddiy qishloq yigitining buyuk sinovlar yo‘lidagi taqdirini hikoya qiladi. Asar markazida — Mamadali Topivoldiyev. U frontda mislsiz jasorat ko‘rsatib, dushman ortidagi xavfli operatsiyalarda qatnashadi. Og‘ir yaralansa-da, iroda va do‘stlik uni tirik saqlab qoladi. Partizanlar safida esa u “Kazbek” laqabi bilan afsonaga aylanadi.
Filmda jang maydonidagi qahramonlik bilan birga, insoniy rishtalar ham chuqur ochib beriladi. Vanya Rilkov bilan samimiy do‘stlik, begona yurtda ham ona mehrini topish kabi lavhalar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Shuningdek, urushdan keyin Mamadali tinchlikning haqiqiy qadrini anglab, qishloqni tiklash yo‘lida kurashadi. Kolxoz raisi sifatida u nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy yuksalish — maktablar, klublar qurish, odamlar qalbiga umid berishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ammo bu yo‘lda ham u shubha, hasad va adolatsizlikka qarshi kurashishga majbur bo‘ladi.
“O‘zbek arsloni” — bu nafaqat tarixiy drama, balki jasorat va insoniylik timsoli, xotira va ehtirom ifodasidir”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q