Zamonaviy yozuv mashinasi rivojlanishi uchun ko‘p yillar kerak bo‘lgan

Saqlash
09:10 / 30.08.2021 1782 0

             Zamonaviy yozuv mashinasi texnikaning murakkab qismi hisoblanadi. Uning rivojlanishi uchun  ko‘p yillar kerak bo‘lgan va bunga ko‘plab odamlar o‘z hissasini qo‘shgan.

         Ixtirochilar XVIII asrning dastlabki yillaridan yozuv mashinasi haqida o‘ylab kelishardi. Ammo Viskonsin shtatidagi Milkokidan Kristofer Shole birinchi amaliy modelni 1867-yilgacha yaratgan.

         Sholening mashinasi Yozuv-Mashina deb nomlangan. Dastlab odamlar mashinkada yozishga unchalik ham qiziqishmagan. Ammo 1880-yillarning boshidan yozuv mashinkalari ommalasha boshlagan. O‘zgarish va rivojlanishlar har doim tanishtirib borilgan.

         Ammo yozuv mashinasi tugmalarining g‘alati tartibi hech qachon yaxshilanmagan. Bu dastur yozuv mashinasining original dizayneri tomonidan qo‘llangan. Yozuv mashinasining ba’zi dizaynerlari tugmalar yanada qulay joylashtirilishi mumkin, deb o‘ylashadi. Ular ma’lum o`zgarishlarni amalga oshirishdi ham.  Ammo ularning harakatlari omadli yakunlanmadi.  Aftidan klaviatura hammaga odatlangan va hech qanday o`zgarishni xohlamaganga o‘xshaydi.

         Tugmalarni joylashtirish tartibi deyarli barcha yozuv mashinalarida bir xil. Harflarni alifbo tartibida joylashtirishning bu umumiy dasturi “universal” klaviatura sifatida mashhurdir.

         Ba’zi tadqiqotchilar shuni ta’kidlashadiki, bu dastur haqiqatda juda yaxshi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p hollarda birgalikda keluvchi harflar operatorning barmoqlari ularga oson tarzda yetishi uchun shunday joylashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//