Surxondaryoda san’at va hunarmandchilik asarlari namoyish etildi

Saqlash
20:54 / 12.02.2022 1636 0

Bugun, 12-fevral kuni Termiz davlat universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Surxondaryo milliy qadriyatlar beshigi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Surxondaryo viloyat hokimi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi To‘ra Bobolov,  Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva qatnashdi. Viloyatning turli hududlaridan kelgan hunarmandlar, rassomlar, milliy maqom kuychilari, "Shalola" folklor-etnografik jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshilari shuningdek, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi talabalari o‘zlarining san’at asari va ijod namunalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

Mazkur ijod va hunarmandchilik namunalari bilan tanishish davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov  “O‘lkamizda har bir hududning o‘ziga xos qadriyat va an’analari mavjud. Jumladan, Surxondaryo vohasining ham. Bu diyor ahlining tanti va mardligi, yashash tarzi, tabiati bilan chambarchas bog‘liq holda yaratilgan qadriyatlari va an’analari bor. Bu yerga kelgan hech bir inson ularning dostonlaridan, xalq termalaridan tinglamay turib qaytmaydi, qaytolmaydi. Zero, bu diyorga sayyohlarni chorlagan eng katta kuch ham baxshi do‘mbirasining sehrli sadosi va dostonlarimizdagi sir-sinoatdir”, deya ta’kidlab o‘tdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//