Madaniyat
Xonanda Sanjay Instagram sahifasida undan “Karvon” qoʻshigʻining sheʼriga mualliflik huquqini talab qilgan shoir Usmon Azimga murojaat qildi.
Xonandaning maʼlum qilishicha, u qoʻshiqni kuylashdan oldin Usmon Azim bilan gaplashgan va shoir mualliflik huquqini Sherali Joʻrayevga sotganini aytgan.
“Karvon” qoʻshigʻiga sud boʻldi, Sanjarga falon summa jarima qoʻyilibdi», deb aytyapti. Toʻgʻri, sud boʻldi. Shunday jarima qoʻyildi, lekin hali sud tugagani yoʻq. Sud tugamasdan turib, har xil boʻlar-boʻlmas blogerlar turli maʼlumotlarni chiqarib tashlayapti. Biz apellyatsiyaga berganmiz. Xudo xohlasa yana sud boʻlib, bu narsalar koʻrib chiqiladi. Undan keyin qandaydir javob boʻlishi mumkin», deya maʼlum qilgan xonanda.
U shundan soʻng, shoir Usmon Azimga ham murojaat qilgan.
“Hozir aytmoqchi boʻlganim, baʼzi bir shoirlarga. Gap boʻlishi mumkinmas. Zoʻr shoirsizlar. Usmon Azim Oʻzbekiston xalq shoiri hisoblanadi. Lekin sizlar sheʼrning u tomonini ham bu tomonini ham koʻring. Bu sheʼr yozilganiga 40 yil boʻlibdi. Uni Usmon Azim yozganmi yoki boshqami shaxsan menga qorongʻi. Chunki men Usmon Azimga telefon qilganimda, Sanjar aka mualliflik huquqlari Sherali Joʻrayevga sotilgan deb aytgan. Odam erkak boʻlishi, bir gapda turishi kerak. Men telefon qilib gaplashganimda, «Men bu qoʻshiqni unga sotganman”, deb aytgan», deydi xonanda.
Sanjay taqinchoqlarini sotayotgani haqida xabar bergan. Biroq 1-2 soat ichida olib tashlagan. Xonanda buni yaqinlari va atrofidagilarni sinab koʻrish, doʻst-dushmanlarini bilish uchun qilganini aytgan.
“Men aytgan «Karvon” qoʻshigʻini nechta millat aytib chiqdi? Men oʻzbek tilida butun dunyo kuylaydi deb aytgandim. Afrika, Yevropa, Amerika, Rossiya, Koreya, Yaponiyadan “Karvon” qoʻshigʻining men aytgan variantini kuylab chiqdi. Hech kim Sherali Joʻrayevning variantini aytib chiqayotgani yoʻq. Men boshqa davlat vakillarini aytyapman. Bu bilan “Men zoʻrman”, demoqchi emasman. Shoir xursand boʻlishi kerakmi? Uning sheʼri butun dunyoda aylanyapti. Sen sudda mendan pul olishing kerakmi? Agar gap pulda boʻlsa, men oʻsha pulni sudsiz ham eltib beraman. Odamda odamgarchilik boʻlishi kerak. Oʻzbek estradasida qancha qoʻshiq oʻgʻirlangan. Hammasi musiqa olib, oʻzbekcha soʻz qoʻyib aytib chiqyapti. Nimaga hech kim sudga bermaydi?», deydi Sanjay.
Xonandaning soʻzlariga koʻra, u sheʼrning ruxsatini olishga 2 yil uringan.
“Men shu sheʼrning ruxsatini olaman deb 2 yil Joʻrayevlarning orqasidan yurganman. Lekin shu narsa boʻlmadi. Birinchidan, men bu sheʼrni Usmon Azim yozganmi, yoʻqmi bilmaganman. Agar bilganimda, menga Joʻrayevlarning orqasidan yurishim nima keragi bor edi. Oʻzbekistonda sheʼr 100-200 dollar turadi. Lekin men telefon qilganimda, mualliflik huquqini Joʻrayevlarga sotganman degan. Hozir sharoit boʻlib qolganda, mendan soqqa qilishdi. Agar sudda yutsangiz, halolingiz boʻlsa, haqiqatdan ham 40 yil oldin yozgan sheʼringiz uchun shunday narsa qilayotgan boʻlsangiz, oling”, deydi u.
Xonanda sheʼr uchun yozilgan musiqani oʻzi yaratganini, qoʻshiqning hit darajasiga chiqishini oʻzi ham kutmaganini aytgan.
“Sheʼrni olgan boʻlsam ham musiqasini oʻzim yaratganman. Sheʼr yozishga qaraganda, musiqa bastalash qiyinroq. Oʻzim ham sheʼr yozaman. Men «Karvon”ning bu darajada xit boʻlib ketishini bilmaganman. Kimdir 3 oyda unutilib ketadi degandi. 3 yildan beri shu qoʻshiq uchun sud boʻlyapti. Bu tarixda qoladigan qoʻshiqlardan», degan xonanda.
Sanjay muxlislaridan uni qoʻllab-quvvatlashini soʻragan.
«Sizlardan iltimos, mening YouTube, Telegram kanallarimga obuna boʻling. Mening pul topadigan boshqa joyim yoʻq. Men toʻylarga ham koʻp chiqmayman. Yaxshi ham bir-ikkita ishlarim bor. Ulardan pul topaman. Boʻynimgacha qarzim bor. Kreditlarim bor. Lekin men nolimayapman. Ijod qilyapman. Hech boʻlmasa, ishlashimga halal bermang. Mening boshqa gapim yoʻq. Menimcha Rossiyaga ketsam kerak. Bunga oz vaqt qoldi», deydi Sanjay.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq xonanda Sanjay tomonidan kuylangan “Karvon” qoʻshigʻi qoʻshiq soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimga tegishli boʻlib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 97 million 800 soʻm undirilishini maʼlum qilgan edi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q