Madaniyat
Kecha, 9-fevral kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bag‘ishlab “Ko‘zum qarosida Mardum kibi vatan qilg‘il” mavzusida an’anaviy hamda "zoom" platformasi orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakulteti dekani Saodat Muhamedova, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Rizayevning Navoiy ijodiga oid ma’ruzalari tinglandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova Navoiyning “Shitob aylab” g‘azalini kuyladi. “Nihol” mukofoti sovrindori Mo‘minjon Sadriddinov ijrosida ham mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti davlat universiteti talabalari, Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi harbiy qismi xodimlari hamda Shayxontohur tumanining 324, Yashnabod tumanining 255 va Mirzo Ulug‘bek tumanining 312-maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida Navoiy g‘azallari bo‘yicha mushoira o‘tkazildi. Faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan “Alisher Navoiy asarlari” ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q