Jahon
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Birlashgan Arab Amirliklarining "Gulf Today" gazetasida "Andakulova Gallery" galareyasida O‘zbekiston mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazilmoqda» sarlavhali maqola chop etildi.
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada Bahodir Jalol va Javlon Umarbekov kabi atoqli o‘zbek rassomlarining sara asarlari namoyish etilmoqda.
Butun dunyo san’at ixlosmandlari ushbu ko‘rgazmani ilg‘or texnologiyalar yordamida onlayn tarzda, 3D formatda ko‘rish imkoniga ega bo‘lmoqda, deb yozadi nashr.
Maqolada ta’kidlanishicha, ko‘p millatli O‘zbekiston an’analari rassomlarning asarlarida aniq-ravshan o‘z aksini topgan. 50 yildan buyon ijod qilib kelayotgan Bahodir Jalol Markaziy Osiyodagi yetakchi rassomlardan biri sanaladi.
Maqolada uning devoriy rang-tasvir janridagi asarlari yangi madaniy-badiiy landshaftni shakllantirishi qayd etilgan. Uning monumental uyg‘onish davriga oid asarlari zamonaviy Yevropa ustalari, meksikalik rassomlar va Samarqanddagi qadimiy Afrosiyob saroyi devorlarida ishlangan suratlardan ilhomlanib yaratilgan. Bahodir Jalol, shuningdek, mamlakatdagi teatrlar va davlat muassasalari binolari uchun devor suratlarini ham chizgan. Uning ijod namunalari O‘zbekiston va Yevropa bo‘ylab keng tarqalgan.
“Javlon Umarbekov o‘z mamlakatidagi zamonaviy san’atning asosiy namoyandalaridan biri hisoblanadi, - deya ta’kidlaydi gazeta. - Uning asarlari o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy an’analariga asoslangan bo‘lib, ular rassom asarlarida o‘z aksini mufassal topgan. U O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina badiiy akademiyalari a’zosi, shu bilan birga, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutining professori hisoblanadi”.
“Rassom o‘zbek xalqi boy merosining o‘ziga xos talqinini targ‘ib etish orqali Gʻarb va Sharq madaniyatlari o‘rtasida erkin muloqotga chaqiradi. Bularning barchasida ijodiy erkinlik va yangilik ruhi ko‘zga tashlanadi”, deb yozadi “Gulf Today”.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q