Jamiyat
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 3-fevral kuni tadbirkor daraxtlarning tagini betonlab tashlagandi. Shahar hokimligi tadbirkorga tumanning Shahriston va A.Temur koʻchalari kesishmasidagi hududni tender asosida salkam 1 milliard soʻmga sotgan. Tadbirkorga esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
Adliya vazirligida Ruslan Davletov mazkur voqea yuzasidan fikrlarini bildirdi.
«Hammayogʻi daraxt boʻlgan yerni ham sotish mumkin. Bunga qonunchilik nuqtayi nazaridan hech qanaqa cheklovlar yoʻq. Lekin Prezident kiritgan moratoriy turgandan keyin ularga teginish mumkinmas. Siz uni qaysi maqsadda olgan boʻlsangiz ham, daraxtga tegolmaysiz. Tegsangiz, jinoyat qilgan boʻlasiz. Demak, nima qolyapti? Buni tegishli davlat organlari yaxshilab nazorat qilishi kerak, kim shu ishni qilsa, unga jazo muqarrarligini taʼminlashi kerak. Mana shunda muammo boʻlyapti.
Daraxt kesilmaydi, tamom! Bu yerda tadbirkorning hech qanday huquqi poymol boʻlmaydi. Hozir bitta daraxt kesilsa, ham dod deyapmiz. Jamiyat sifatida ulgʻayyapmiz, yaʼni daraxt bizga qanchalar muhimligini hamma tushunib yetyapti. Bu sohaning eng asosiy egasi – Ekologiya qoʻmitasi. Unda 12 mingta odam ishlaydi, qattiq turib boshqarsa boʻladi. Agar yaqinda kelgan yangi rahbari yaxshi ishlasa, oʻsha oʻn ikki ming odamni ham ishlatsa boʻladi», dedi Ruslan Davletov.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q