Shahrisabzda poliklinika boshligʻi yer sotayotgan vaqtda qoʻlga tushdi

Saqlash
15:52 / 07.02.2022 826 0

Shahrisabz tumanida poliklinika boshligʻi fuqaroga noqonuniy yer sotayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Bu haqida Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Shahrisabz tumani poliklinika boshligʻi fuqaroga 20 sotix yerni noqonuniy sotish maqsadida 2000 AQSH dollari olayotganda qoʻlga tushgan. Shuningdek, Shahrisabz tumani tibbiyot boʻlimi boshligʻi vazifasidan ozod etilgan.

 

Yigʻilish davomida qator masalalar tanqidiy koʻrib chiqilgan. “2021-yilda Qashqadaryodagi hokimliklarning yer ajratish boʻyicha 230 ta qarori bekor qilindi. U qarorlar amalga oshganda davlatga 100-200 milliardlab zarar yetgan boʻlar edi”, degan Muratjon Azimov.

 

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi oʻrinbosari fuqaroga yer olib berishni vaʼda qilib 50 ming dollarni olgan paytida qoʻlga olingani xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//