Qamchiq dovonida mashinasi bilan qolib ketgan 14 kishi evakuatsiya qilindi

Saqlash
09:03 / 07.02.2022 879 0

Qamchiq dovonida qolib ketgan transport vositalari va fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

 

Maʼlum qilinishicha, 6-fevral kuni soat 19:05 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Qamchiq dovonidan oʻtgan A-373 Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining 242-kilometrida shimoliy aylanma yoʻlida ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi haqida maʼlumot kelib tushgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqib, togʻda qolib ketgan 14 nafar fuqaro hamda ularning transport vositalarini pastga olib tushish hamda evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilgan.

 

Qutqaruvchilar soat 20:10 da barcha fuqarolarni sogʻ-omon pastga olib tushib, manzillariga yuborishda amaliy yordam koʻrsatgan. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//