Ruslanbek Davletov 3 yil ichida 900 ta Prezident farmoni va qarorlari bekor qilinganini maʼlum qildi

Saqlash
23:20 / 04.02.2022 793 0

Adliya vaziri R. Davletov Oliy Majlis Senati majlisida qator hujjatlarni bekor qilganini maʼlum qildi.


«Bu borada maʼlum ishlarni qilyapmiz. Oxirgi 3 yil ichida oʻz ahamiyatini yoʻqotgan 4000 ta hujjatni bekor qildik. Buning ichida 900 ta Prezident farmonlari va qarorlari, 1800 ta Hukumat qarorlari va 500 dan ortiq idoraviy hujjatlar bor.


2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy hujjatlarni qabul qilishga morotoriy eʼlon qilindi. Natijada 2019-yildan 2022-yilning 1-yanvariga qadar amaldagi yaxlit idoraviy hujjatlar soni 1500 tadan 1164 taga yoki 22.4 % ga qisqartirildi", degan u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//