Vayronalar ichida yashash: Gaiti zilzilasidan omon qolganlarning portretlari

Saqlash
16:03 / 26.08.2021 1139 0

Kavaylon, Gaiti – futbol maydonlarini ayni paytda vaqtinchalik chodirlar egallagan. Gaitida zilziladan omon qolganlarning boradigan joyi yo‘q. Shu sababdan ular ko‘cha-ko’yda yashash yo‘llarini izlamoqda. 

Iyul oyida Prezident Jovenel Moisining o‘ldirilishi natijasida avj olib ketgan surunkali qashshoqlik, zo‘ravonlik va siyosiy beqarorlik gaitiliklarni bezovta qildi.

14-avgust kuni mamlakatning janubi-g‘arbiy yarim orolida, Karib dengizi va La-Gonov kanali o‘rtasida 7.2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 2200 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi, 340 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Gaitiliklar hanuzgacha qurbon bo‘lganlar sonini aniqlashtirmoqda.

Odamlar 18-avgust kuni zilzila tufayli qulab tushgan Les Kays shahridagi bino yonida to‘plangan.


19-avgust kuni Kamp-Perrindagi 7-milliy avtomagistralni kesib o‘tgan yoriq

 

Bolalar 21-avgust kuni Kavaylon shahridagi futbol maydonida. Odamlar zilziladan so‘ng bu yerdan boshpana topgan.


Kemp-Perrin, Manike va Kavaylon kabi hududlar aholisi dahshatli halokatga uchradi deyish mummin. Odamlar uysiz qoldi, magistral yo‘llarni yoriqlar egalladi. Mahalliy amaldorlar hukumatning yordam berishidan noumid... Bu haqda mahalliy amaldorlar The Washington Post nashriga ma’lum qilgan.

Zilzila mamlakatning qishloq joylarida sodir bo‘ldi, kirish yo‘llari to‘siqlarga to‘la. Associated Press xabar berishicha, turli to‘dalar yordam mashinalari va yuklarni o‘g’irlagan, ba’zi yordam guruhlari vertolyot bilan zarar ko‘rgan hududlarga yetib borgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//