Afg'onistonda mamlakatni boshqarish mexanizmi haqidagi savol hal qilinmoqda

Saqlash
15:29 / 26.08.2021 1139 0

Bu haqda "RIA Novosti"ga yangi hokimiyatga yaqin manba ma'lum qilgan. Unga Tolibon harakati vakillari, xususan, siyosiy idora rahbari Abdul G'ani Barodar va Mulla Yoqub kiradi. Shuningdek:

— toliblar bilan ittifoqdosh bo'lgan Haqqoniy tarmog'i rahbari Halil ar-Rahmon Haqqoniy;

— sobiq prezident Hamid Karzay;

 — Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar;
 
— Milliy ittifoq kengashi rahbari Abdulla Abdulla;
 
— Afg'oniston Islom partiyasi rahbari Gulbeddin Hikmatyor.

Besh nomzod borasida kelishuvga erishish lozim, deyiladi xabarda.  Agentlik suhbatdoshining so'zlariga ko'ra, ular orasida siyosatchilar Abdul-Rashid Do'stum va Muhammad Nur bo'lmaydi.  Mamlakatni tark etgan Ashraf G'ani haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo'q, deya qo'shimcha qildi u.

Eslatib o'tamiz, Amerika kontingenti chiqib ketishi fonida Tolibon hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini e'lon qilib, barcha yirik shaharlarni egallab oldi.  Endi mamlakatni boshqarish mexanizmi haqidagi savol hal qilinmoqda.

Yangi hukumat nazorati ostidagi yagona viloyat — Panjsher, Kobulning shimoli-sharqida joylashgan, ham maydoni, ham aholi soni bo'yicha eng kichik viloyatlardan biri.

Avvalroq Afg'oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih toliblar bilan muzokaralarga izoh bergani va Panjsherning ma'lum qismi Toliblar nazoratida ekani haqidagi bayonotlarni rad etgani va mamlakatni Tolibon mamlakatiga aylanmasligiga chaqirgani haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//