Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan XXIV qishki Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 4-5-fevral kunlari tashrif bilan Pekin shahrida boʻladi.
Xitoy poytaxti jahon sporti tarixida ikkala Olimpiadani qabul qilgan birinchi shahar boʻladi – 2008-yilda bu yerda XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari ham oʻtkazilgan edi.
Karantin choralariga qatʼiy rioya etgan holda 4-20-fevral kunlari oʻtadigan bu galgi oʻyinlarda sportning 15 ta yoʻnalishi boʻyicha 109 ta medallar toʻplami oʻynaladi. Bu medallar uchun 90 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistondan 4 mingdan ziyod sportchi bellashadi.
Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi 4-fevral kuni Pekindagi “Qush ini” milliy stadionida xorijiy davlatlar va rasmiy delegatsiyalar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtadi.
Tashrif dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q