Sport
7SABER kompaniyasi Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari uchun Oʻzbekiston delegatsiyasiga tayyorlagan kiyimlarini taqdim qildi. Maʼlum qilinishicha, buning uchun kompaniya hech qanday haq olmagan.


“Yozgi Olimpiya oʻyinlari vaqtida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ekipirovka uchun davlat byudjetidan kompaniyamizga qancha pul ajratilgani haqidagi mavzu juda koʻp muhokama qilingan edi. Rasman maʼlum qilishim mumkinki, 7SABER buning uchun hech qanday pul olmagan. Gap shundaki, Oʻzbekistonda ham xuddi dunyoning koʻplab davlatlarida boʻlgani kabi MOQning rasmiy hamkorlari delegatsiyaga bepul xizmat koʻrsatadi. 7SABER ikkinchi bor mamlakatimiz Olimpiya delegatsiyasiga homiylik qilayotgani biz uchun katta sharaf. Ishonamanki, ushbu hamkorligimiz uzoq davom etadi”, – degan brend asoschisi va bosh direktori Oraz Abdurazakov.

Taʼkidlanishicha, Pekin-2022 qishki Olimpiadasiga yetib borgan delegatsiyamizning kiyimi koʻplab xorijiy hamkasblarimizda iliq taassurot qoldirgan. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu hamkorlik uchun 7SABER brendiga minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu Olimpiya oʻyinlarida Komiljon Toʻxtayev togʻ changʻisining slalom va gigant slalom dasturlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
112994
Jamiyat
95693
Jamiyat
92652
Jamiyat
76900
Jamiyat
//
Izoh yo‘q