Jamiyat
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda dunyoda qattiq maishiy chiqindilar miqdori aholi jon boshiga har yili 1 foizga ortib borayotgani, mamlakatimizda soʻnggi yillarda iqtisodiy oʻsish, aholi turmush darajasi yaxshilanishi natijasida oʻsish 2 foizni tashkil etib, yillik hosil boʻlayotgan maishiy chiqindilar miqdori 7 million tonnaga yetgani aytildi.
«Lekin, ushbu chiqindilarni yigʻish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoniqarli emas.
Misol uchun, maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi Andijonda – 45 foiz, Buxoroda – 43 foiz, Navoiy va Namanganda – 36 foizni tashkil etib, yaxshi natija koʻrsatilmoqda. Aksincha, Qoraqalpogʻiston – 10 foiz, Fargʻona va Qashqadaryo – 20 foiz bilan qolgan hududlardan orqada.
Sababi - ushbu hududlarda maishiy chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash klasterlari faoliyati hali tizimli yoʻlga qoʻyilmagan», dedi davlat rahbari.
Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish qamrovi 90 foizga yetgan boʻlsada (2017-yilda atigi 25 foiz edi), 781 ta mahallada 30 yildan buyon chiqindini olib chiqish masalasi hal etilmagani tanqid qilindi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111714
Jamiyat
94653
Jamiyat
90645
Jamiyat
75207
Jamiyat
//
Izoh yo‘q