Jamiyat
“Oʻzgidromet” shoshilinch axborot berdi. Xabarga koʻra, joriy yilning 4-7-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, soʻngra Volga boʻyi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
4-6-fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatiladi.
Shamol kuchayishi 4-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha; 5-6-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.
5-fevral Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6-fevral respublikaning barcha hududlarida yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi. 7-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Togʻli hududlarda 6-7-fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q