Vazirlik Amir Temur qonxoʻr sifatida koʻrsatilgan rolik mamlakat turistik salohiyatini targʻib etishda ijobiy xizmat qilishini urgʻuladi

Saqlash
15:37 / 02.02.2022 904 0

Oyina.uz saytida eʼlon qilingan Amir Temur “oʻlim otasi” sifatida talqin qilingan rolik haqidagi material ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ziyolilar, blogerlar va tarmoq foydalanuvchilari Turizm va sport vazirligining ushbu rolikdagi maʼlumotlarni rad etmagani, hatto rasmiy sahifasida ulashgani qattiq tanqid qilindi. Shundan soʻng vazirlik axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu rolik Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan tasvirga olinmagan, mualliflar bilan bu boʻyicha hech qanday kelishuv ham boʻlmagan.

 

“Vazirlik videorolik avvalida sohibqiron Amir Temur haqida aytilgan fikrlarga xayrixoh emas. Shunday boʻlsa-da, qayd etish joizki, videoroliklarda tomoshabinning eʼtiborini jalb qilish uchun ham “badiiy toʻqima” qoʻllanilgan boʻlishi mumkin, bu auditoriyani jalb qilish maqsadida tez-tez ishlatiladigan uslubdir. Videorolikning oʻzini umumiy oladigan boʻlsak, bu kabi videolar mamlakatimizning turistik salohiyatini targʻib qilishda ijobiy xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, vazirlik mazkur videorolik boʻyicha savollar bilan rolik mualliflariga murojaat qilish maqsadga muvofiq boʻlishini taʼkidlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//