Jamiyat
Kecha, 28-yanvar kuni Toshkent hayvonot bogʻida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab boʻldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol nomaʼlum sabablarga koʻra odamlarning koʻz oldida oʻz qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.
Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bogʻi xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq boʻlishgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi qizaloqning holati boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi:
«2018-yilda tugʻilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bogʻi hamshirasi birinchi yordam koʻrsatadi. Shundan soʻng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy koʻriklardan zudlik bilan oʻtkazilgan.
U yengil shok holatida boʻlgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida», deyiladi xabarda.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112135
Jamiyat
94821
Jamiyat
90873
Jamiyat
75666
Jamiyat
//
Izoh yo‘q