Endilikda madaniy boyliklarning qiymati baholanadi

Saqlash
11:51 / 14.04.2026 37 0

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Unga koʻra, 16-son “Madaniy boyliklar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti qabul qilindi.

 

Xususan, madaniy boyliklar, yaʼni moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan koʻchar boyliklar, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari baholanadi.

 

Madaniy boyliklarni baholash qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

 

Baholash obyektining madaniy boylik ekanligini tasdiqlovchi sanʼatshunos ekspertning xulosasi mavjud boʻlishi madaniy boyliklar qiymatini baholashning eng muhim sharti hisoblanadi.

 

Mazkur Standart madaniy boyliklar, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini qiymatini aniqlash orqali ularni fuqarolik muomalasiga jalb qilishda, shu jumladan sotish va sotib olish, garov qoʻyish, sugʻurta qilish va boshqa munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//