Jamiyat
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash doirasida qator ishlar amalga oshiriladi.
Xususan,
2022-yilda inflyatsiyani 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz va fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari koʻriladi.
2026-yil yakunigacha bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqariladi.
2023-yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi 12 foizgacha va bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik uchun foyda soligʻi 15 foizgacha tushiriladi.
2026-yilgacha energiya samaradorligi 20 foizga oshiriladi va havoga chiqariladigan zararli gazlar 10 foizga qisqartiriladi.
Sharoiti “ogʻir” boʻlgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi hisoblangan summadan 1 foiz stavkada toʻlash tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestri ishga tushiriladi.
2022-yil 1-aprelgacha litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi.
Jumladan, muayyan faoliyat bilan koʻchma tartibda, avtotransport orqali shugʻullanish imkoniyati yaratiladi.
25 dan ortiq faoliyat turi boʻyicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazish, neft mahsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q