Oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun 300 mlrd ajratiladi

Saqlash
23:27 / 28.01.2022 799 0

Videoselektor yigʻilishida xalq taʼlimini oʻzgartirish uchun, avvalo, tumandagi maktablarda boshqaruvni isloh qilish zarurligi qayd etildi.

 

Tuman xalq taʼlimi boʻlimlariga mudirlik va maktab direktorligiga tanlov asosida malakali menejerlarni olib kelish, xorijdan ham mutaxassislar jalb qilish, ularga munosib oylik ish haqi tayinlash kerakligi taʼkidlandi.

 

Eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan, oʻzining tajribasini yaratgan, taʼlim sifatini keskin oshirgan hokim va direktorlar mukofotlanadilar.

 

“Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi - bu mutlaqo notoʻgʻri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, konsert, kitobxonlik, mushoira, «Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi kerak», dedi davlatimiz rahbari.

 

Shuningdek, yuqori malakali, oʻz ustida doimiy ishlaydigan muallimlar faoliyatini yangi yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratiladi. Ularning ish haqi ham sezilarli darajada oshiriladi.

 

Bunday pedagoglarni faoliyatini keng qoʻllab-quvvatlash uchun Xalq taʼlimi vazirining jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga dastlab byudjetdan 300 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//