Jamiyat
Maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari yuzasidan boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari maktab taʼlimi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab oʻtdi.
Bugungi kunda respublika boʻyicha 1 ming 695 ta maktab mukammal taʼmirga muhtojligi, hanuzgacha 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qoʻshimcha oʻquv binolari zarurligi tanqid qilindi.
Bundan tashqari:
- yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi oʻsishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor;
- hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas;
- taʼlim sifati past boʻlgan 84 ta maktabning birorta oʻquvchisi oʻtgan yili oliygohga kirmagan;
- maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan;
- milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjudligi aytildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q