Jamiyat
2021-yilda Oʻzbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatiga oid 100dan ortiq reklama bartaraf etildi, 30dan ortiq saytga kirish cheklandi. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishcha, 2021-yilda nohalol raqobat va notoʻgʻri reklamaning oldini olish maqsadida 27 mingga yaqin oʻrganish oʻtkazilgan va 15 ming 486 holatda kamchilik aniqlanib, bartaraf etilgan.
«Xususan, agentlik tomonidan tamaki, elektron sigaretalar, energetik ichimliklar, alkogol, pivo, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasi boʻyicha aniqlangan holatlar bartaraf etilishi taʼminlandi.
102 ta holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklamasi aniqlanib, ularning barchasi bartaraf etildi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qoʻyilgan.
Notoʻgʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga 146 mln soʻm miqdorda yetkazilgan ziyon toʻliq hajmda qoplab berilgan.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q