Jamiyat
Qarshi shahrida bugun, 28-yanvar kuni kuchli shamol kuzatilmoqda. Shamol oqibatida shahar markazida qad rostlagan katta ekran qulab tushdi, deya xabar bermoqda “Daryo” nashri.
“Kuchli shamol sabab katta ekran quladi. Hozir mazkur holatni bartaraf etib, yoʻlni ochish harakatidamiz”, – deydi nosozlikni bartaraf etishga kirishgan masʼullar.
Qayd etilishicha, ayni paytda shaharda elektr toki ham oʻchgan. Koʻplab simyogʻochlarga zarar yetgan.
Energetika vazirligi axborotiga koʻra, kuchli shamol kuzatilayotganligi sababli Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilish kuzatilmoqda. Shu sababli, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida elektr tarmoqlari vaqtinchalik tarmoqdan ajratilgan.
Vazirlik hududda kuchli shamol esishi pasaygandan soʻng elektr energiyasi qayta tarmoqqa ulanishini bildirib, keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻradi.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q