Jamiyat
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi ayrim hokimliklarning ayrim noqonuniy qarorlari bekor qilindi.
Maʼlum qilinishicha, viloyati adliya boshqarmasi tomonidan, hududda monitoring va soʻrovnomalar oʻtkazilib, 1 996 ta qonun hujjatlari tahlil qilingan. Aniqlangan qonun buzilishlar boʻyicha 1 875 ta taqdimnoma, 736 ta maʼmuriy va 10 ta jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritilgan.
Taʼsir choralari natijasida 5 672 ta noqonuniy hujjat bekor qilinib, 63 ta hujjat ijrosi toʻxtatildi, 1 716 nafardan ziyod mansabdor shaxslar intizomiy (shundan 90 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan), 624 nafari esa maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan Bagʻdod, Oltiariq, Dangʻara tumanlari hokimliklarining xususiy sektorga yer ajratish bilan bogʻliq qator noqonuniy qarorlari bekor qilingan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q