Jamiyat
27-yanvar kuni ertalab soat 09:00 dan boshlab shaharlararo yoʻnalishlar boʻylab, shuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ayni damda Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari bundan mustasno boʻlib, ushbu hududlarda gaz taʼminotining ish rejimini tiklash ishlari olib borilmoqda.
«Ertaga ertalabdan boshlab respublikamizdagi barcha gaz quyish shoxobchalari ish faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda», deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 26-yanvardan avtomobillarga gaz toʻldirish stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112462
Jamiyat
95127
Jamiyat
91390
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q