Jamiyat
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli adib Abdugʻani Abduvaliyev 80 yoshida vafot etdi.
Abdugʻani Abduvaliyev 1942-yil 23-aprelda Namangan shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1964-yili Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1964-2012-yillarda Samarqand viloyat teatri, Namangan madaniyat boshqarmasida, viloyat radiosida, 1978-yildan “Namangan haqiqati” gazetasida koʻp yillar adabiy boʻlim muharriri sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Abdugʻani Abduvaliyev adabiyotga sheʼr yozish bilan kirib kelgan, keyin esa nasrda ijod qilishga oʻtgan. Uning hikoyalari, hajviyalari, ichakuzdi hangomalari, latifalari gazeta va jurnallarda, toʻplamlarda muntazam eʼlon qilinib kelgan.
Uning “Assalomu alaykum” qissasi Said Ahmadning soʻzboshisi bilan “Sharq yulduzi”ning 1986-yil 12-sonida bosilgan. “Qarsaklar davom etadi” qissasi avval “Bizning yoʻlimiz” nomi bilan 1988-yilda “Yoshlik” jurnalida, soʻng alohida kitob boʻlib chiqqan — bu muallifning birinchi kitobi hisoblanad. Keyinchalik u “Munajjimning xatosi”, “Echki suti”, “Poʻsht, biz kelyapmiz”, “Gapiradigan qoʻy” kitoblarini ham taqdim etgan. “Salomat boʻlsinlar”, “Ahmoq”, “Tillabi” qissalarini yozgan. Ayniqsa, yozuvchining “Ahmoq” qissasi respublikada keng shuhrat qozongan. Uning “Unvon” romani, esse-xotiralari, oʻnlab hajviyalari va teleminiatyuralari kishilar qalbidan joy olgan. Qalloblarni fosh etuvchi “Vasvasa” satirik komediyasi viloyat teatrida sahnalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q