Jamiyat
25-yanvar kuni elektr energiyasi taʼminotida kuzatilgan uzilishlar sabab Gazli, Shoʻrtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha toʻxtatildi, deya xabar bermoqda “Hududugaztaʼminot”.
Qayd etilishicha, ushbu holat “Oʻztransgaz” magistral gaz quvurlari va “Hududgaztaʼminot” mahalliy tarmoqlarida bosimning pasayishiga olib kelgan.
Ayni vaqtda, Fargʻona vodiysining qator tumanlari, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tabiiy gaz taʼminotida bosim pasayishi yoki umuman yoʻqligi kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” bosimni qayta tiklash va isteʼmolchilarga tabiiy gazni uzatish ishlari boʻyicha barcha choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.
Gaz bosimi pasaygan yoki umuman yoʻq boʻlgan manzillardan gazda ishlaydigan barcha jihozlarni oʻchirib qoʻyish va binolarni gaz hidi yoʻqligini tekshirish soʻralmoqda. Zarurat tugʻilganda 1104 Call-markaziga qo'ngʻiroq qilish mumkin.
“Hududgaztaʼminot” AJ yuzaga kelgan noqulaylik uchun fuqarolardan uzr soʻraydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q