Jamiyat
Angren issiqlik elektr stansiyasida umumiy quvvati 600 MVt boʻlgan 2 ta yangi energoblok quriladi. Bu haqida Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, stansiya tomonidan yiliga 1 mlrd 300 mln kVt.soat elektr energiyasi hamda 420 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu ishlab chiqarilgan elektr va issiqlik energiyasi Angren shahri va uning atrofidagi hududlarning elektr energiyasiga boʻlgan talabini 100 foiz qoplaydi.
Maʼlumki, mamlakatimiz elektr energetika sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish maqsadida zamonaviy energiya samarador texnologiyalarni joriy etish choralari koʻrilmoqda.
Xususan Angren IESda har birining quvvati 300 megavattdan boʻlgan 2 ta koʻmir yoqilgʻisida ishlaydigan yangi, zamonaviy energobloklar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, ular 2024-2025-yillarda ishga tushiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112463
Jamiyat
95128
Jamiyat
91391
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q