
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida «yashil qoplamalar” - himoya oʻrmonzorlarini barpo etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2022-2026-yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” - himoya oʻrmonzorlarini barpo etish hajmlari;
2022-2026-yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari urugʻlarini tayyorlash hajmlari.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklariga Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida oʻrmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni xatlovdan oʻtkazish topshirildi.
Bunda har yili 10-dekabrga qadar “yashil qoplamalar” barpo etiladigan maydonlar ilmiy jihatdan asoslangan takliflarga muvofiq hududlar boʻyicha aniqlanadi.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “yashil qoplamalar” oʻz muddatida barpo etilishi boʻyicha doimiy monitoring yuritadi. Orol dengizining qurigan tubidagi tuproq tarkibini inobatga olib choʻl va shoʻr tuproqqa moslashgan oʻsimlik turlari, shu jumladan, qumli yerlarda cherkez hamda shoʻr hududlarda tamariks va atripleks (lebeda) oʻsimliklari ekiladi.
“Yashil qoplamalar” barpo etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
- Qoraqalpogʻiston respublika byudjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablagʻlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 19-yanvardan kuchga kirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q