Jamiyat
Oʻzbekistonga 21-yanvar, juma kuni Kaspiy dengizidan sovuq antitsiklon kirib kelib, shanba kuni respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.
Qayd etilishicha, 22-yanvar kuni Oʻzbekistonda bulutli va sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha yomgʻir va qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻladi, togʻli hududlarda qor yogʻadi. Harorat kunduzi 0-5 daraja iliqdan oshmaydi.
21—22-yanvar kunlari sovuq front oʻtishida respublika boʻyicha shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida biroz yogʻingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduzi havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.
Dam olish kunlari, shuningdek, siklon taʼsirida tuman hosil boʻladi, yoʻllarning koʻrinish darajasi yomonlashadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111914
Jamiyat
94692
Jamiyat
90694
Jamiyat
75416
Jamiyat
//
Izoh yo‘q