
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl oʻrtasida fuqaro “Volga” avtomobiliga qarata oʻq uzgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 20-yanvar kuni taxminan soat 11.35 larda 1990-yilda tugʻilgan Sultanov Zafar (Spark rusumli davlat raqami 01 B 292 WA boʻlgan avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulugʻbek tumani Feruza dahasi Mirzo Ulugʻbek koʻchasida yoʻlning qatnov qismida oʻzining tanishi 1985-yilda tugʻilgan Abdullayev Grigoriyni koʻrib qolgan.
U bilan oldindan turmush oʻrtogʻini rashk qilish oqibatida oʻzaro kelishmovchiligi boʻlgani sababli G.Abdullayev bilan oʻzaro gap talashib, uning boshqaruvidagi VAZ-21099 rusumli 01 T 738 NA boʻlgan avtomobilning gʻildiragiga tepib, soʻng yonida boʻlgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba oʻq uzgan. Buning natijasida hech kim jarohatlanmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan shaxsga nisbatan qatʼiy qonuniy chora koʻriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q