Jamiyat
Samarqandda narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazilmoqda.
Forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Forumda shuningdek, O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilari va talabalarini narkotik iste’mol qilgan yoki qilmaganini aniqlashovchi test o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida ham aytib o‘tilgan. Dori vositalari xavfsizligi markazi va Narkotiklarni nazorat qilish qo’mitasi raisi Ismatjon Azimov “Daryo” nashriga bergan intervyusida aniqlik kiritishicha, test tasmasi mijozning og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘yilib, so‘lagidan 3-6 oy muddatda narkotik iste'mol qilgan yo qilmaganligini aniqlaydi. Test hozircha 16 ta narkotik turiga nisbatan natija ko‘rsatadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112354
Jamiyat
95019
Jamiyat
91200
Jamiyat
75917
Jamiyat
//
Izoh yo‘q