Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Saqlash
13:44 / 10.04.2026 75 0

Hafta oxirida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

 

11–12-aprel kunlari faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkentda 11–12-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 11-13 daraja, kunduz kunlari 23-25 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//