“Oʻzbektelekom”: necha foiz aholi maskanlari yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlanganini maʼlum qildi

Saqlash
15:55 / 20.01.2022 780 0

95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xoʻjaliklariga yuqori tezlikdagi simli internetga ulanish imkoni yaratilgan. Bu haqida AOKAda “Oʻzbektelekom” AK tomonidan oʻtkazilgan brifingda xabar berildi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2021-yilda Respublika boʻylab 50 ming kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan (jami 122 ming km). Natijada aholi maskanlarining 67 foiziga yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi kirib borgan. 902 ta qoʻshimcha baza stansiyalari oʻrnatilgan (jami 19 233 ta).

 

Shuningdek, xalqaro internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyati 1 800 Gbit/s ga yetkazilib, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif 42,9 foizga arzonlashtirilgan (1 Mbit/s uchun 30 ming soʻm).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//