Sport
Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 8-aprel kuni Nomzodlar turnirining toʻqqizinchi turida qora donalarda oʻynab, Mattias Blyubaum bilan during natija qayd etdi.
Oʻyin davomida Sindarov katta ustunlikka ega boʻldi, biroq raqibi aniq himoyalanish yoʻllarini topa oldi va farzinlar almashganidan keyin pozitsiyani soddalashtirdi. Partiya teng endshpilga oʻtdi va durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Sindarov 9 oʻyinda 7 ochko jamgʻardi va turnirning yakka peshqadami boʻlib qolmoqda.
Parallel kechgan bahsda Anish Giri Fabiano Karuana ustidan gʻalaba qozonib, oʻz ochkolarini 5,5 taga yetkazdi. Bu oʻyindan soʻng Sindarovning eng yaqin taʼqibchisi bilan oradagi farq 1,5 ochkoni tashkil etmoqda.
Sindarov 10-partiyani oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxaga qarshi oʻtkazadi.
2026-yilgi Nomzodlar turniri 29-martdan 15-aprelgacha Kiprda boʻlib oʻtmoqda va unda sakkiz nafar eng kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda. Qatnashchilar ikki davrada (14 tur) bahslashadi. Gʻolib amaldagi jahon chempioni Dommaradju Gukesh bilan shaxmat toji uchun dona surish huquqini qoʻlga kiritadi. Turnirning sovrin jamgʻarmasi 700 ming yevroni tashkil etadi.
Vaqt nazorati birinchi 40 ta yurish uchun ikki soatni koʻzda tutadi, shundan soʻng partiya oxirigacha 30 daqiqa qoʻshiladi va birinchi yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 soniyalik inkrement beriladi. 40-yurishgacha durangga kelishish taqiqlangan. Gʻalaba uchun 1 ochko, durang uchun esa 0,5 ochko beriladi.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112115
Jamiyat
94798
Jamiyat
90839
Jamiyat
75638
Jamiyat
//
Izoh yo‘q