Sport
7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, professional sportda seleksiya tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yildan Prezident Olimpiadasi doirasida musobaqa o‘tkaziladigan sport turlari 2 karra ko‘paytirilib, 21 taga yetkaziladi. Endi mazkur olimpiada parasport bo‘yicha ham o‘tkazilishi belgilandi.
Har bir tuman, viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi. Ushbu musobaqalar g‘oliblari Prezident olimpiadasiga yo‘llanma oladi. Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi direktorlari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimlariga sport bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi.
Poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, o‘rniga Olimpiya shaharchasida “Olimpiya terma jamoalari markazi” tashkil qilinadi. Joylardagi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi ham markazning boshqaruviga o‘tadi.
Adaptiv sport turlari bo‘yicha kadr tayyorlash va malakasini oshirish tizimi ham o‘zgaradi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport bo‘yicha tayanch oliygohga aylanadi.

Sport vaziri A.Ikramov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva, Paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxojayevga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Prezident shuningdek, para sportchilar erishayotgan natijalarda ularga tun-u kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta‘kidladi.
Endilikda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi.
Sport
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
112103
Jamiyat
94789
Jamiyat
90828
Jamiyat
75629
Jamiyat
//
Izoh yo‘q