Oʻzbekistonga 2021-yilda qancha migrant jasadi olib kelingani maʼlum qilindi

Saqlash
14:47 / 20.01.2022 877 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2021-yil davomida xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan va u yerdan qaytgan Oʻzbekiston fuqarolariga koʻrsatilgan yordam haqida maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, bu vaqt davomida agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 424 nafariga moddiy yordam koʻrsatilgan.

 

Mehnat migrantlarining 7 534 nafariga bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 358 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan.

 

Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan 321 nafar fuqaro qaytarilib, vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelingan. Ogʻir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.

 

Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan qariyb 984,1 ming dollar miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//