Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 1-aprelda “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab Prezident Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar ustidan real vaqt rejimida nazorat o‘rnatiladi. Belgilangan muddatdan kechikkan murojaatlar avtomatik ravishda yuqori turuvchi davlat organiga o‘tkaziladi. Shuningdek, murojaatlar “shoshilinch”, “odatiy” va “maslahat talab qiluvchi” toifalarga ajratiladi, nazoratga qaytarilgan murojaatlar esa 3 ish kuni ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
Farmonda keltirilishicha, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlari har chorakda kamida bir marta parlament palatalarida eshitiladi. Hududlarda esa hokimlar va mahalliy idoralar rahbarlari hisobotlari tegishli kengashlarda muhokama qilinadi. Axborot xizmatlari Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash jarayonini yoritadi va ommaviy axborot vositalarida bildirilgan e’tirozlarni tahlil qilib boradi.
Shu bilan birga, Prezident Xalq qabulxonasi tashkil etilishi belgilandi. Unga Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimlari jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi va fuqarolarni muntazam qabul qilib, muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘radi.
Bundan tashqari, vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan taqdimotlar jarayonida aholi murojaatlarida ko‘tarilgan tizimli muammolar va ularning yechimi bo‘yicha alohida hisobot berish tartibi joriy etiladi. Davlat organlari va hokimliklar tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy hamda sayyor qabullar to‘liq raqamlashtirilib, jarayon ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Qayd etilishicha, jamoaviy murojaatlar mahalla vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida ko‘rib chiqiladi hamda ularning roziligi asosida nazoratdan olinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Sport
112085
Jamiyat
94771
Jamiyat
90802
Jamiyat
75600
Jamiyat
//
Izoh yo‘q