Sport
Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 1-aprel kuni shaxmat boʻyicha Nomzodlar turnirining toʻrtinchi turida amerikalik Fabiano Karuana ustidan gʻalaba qozondi va musobaqaning yakka peshqadamiga aylandi.
Oʻzaro uchrashuvga har ikki shaxmatchi bir xil natija – 3 imkoniyatdan 2,5 ochko olib yetib kelgan edi. Ushbu gʻalaba Sindarovga 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamgʻarish va turnir jadvalida birinchi oʻringa chiqish imkonini berdi.
Oʻyin 36-yurishda yakunlandi. Oq donalarda oʻynagan Sindarov uchrashuvni ishonch bilan oʻtkazdi va turnirning asosiy favoritlaridan birini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.
Bu gʻalaba Sindarov uchun turnirdagi uchinchisi boʻldi va u yakuniy gʻoliblik uchun jiddiy daʻvogarga aylandi.
Navbatdagi, beshinchi tur 3-aprel kuni boʻlib oʻtadi. Unda Javohir Sindarov qora donalarda amerikalik grossmeyster Xikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi.
Muvaffaqiyatli startga qaramay, ishtirokchilarni oldinda hali oʻnta partiya kutmoqda va turnirdagi gʻalaba uchun kurash ochiqligicha qolmoqda.
2026-yilgi Nomzodlar turniri 29-martdan 15-aprelgacha boʻlib oʻtmoqda va unda sayyoraning sakkiz nafar eng kuchli grossmeysteri, jumladan, Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va oʻzbekistonlik debyutant Javohir Sindarov ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar ikki davrada (14 tur) 500 ming yevro miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi va, eng muhimi, shaxmat toji uchun kechadigan bahsda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaradju Gukeshga qarshi bahs olib borish huquqi uchun kurashadi.
Musobaqa reglamenti klassik vaqt nazoratini koʻzda tutadi va 40-yurishgacha durang qayd etish taqiqlanadi. Gʻolib 48 ming yevro oladi, bundan tashqari, har bir ishtirokchi jamgʻargan har yarim ochkosi uchun 3500 yevrodan mukofotlanadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112080
Jamiyat
94765
Jamiyat
90794
Jamiyat
75593
Jamiyat
//
Izoh yo‘q