Jamiyat
2-aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 27-29 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja, ba’zi joylarda 26-28 darajagacha bo‘ladi.
Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112074
Jamiyat
94759
Jamiyat
90789
Jamiyat
75588
Jamiyat
//
Izoh yo‘q