Siyosat
Alisher Qayumov O‘zbekistonning Yangi Zelandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-aprel kuni Vellington shahridagi Government House qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi sifatida ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zbekiston elchisi Yangi Zelandiyaning maori tub aholisiga xos qadimiy an’analar asosida tantanali ravishda kutib olindi.
Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda so‘nggi yillarda izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston — Yangi Zelandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.
Yangi Zelandiya general-gubernatori Dame Sindi Kiro O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholagan. U davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi natijalarni alohida ta’kidlagan.
Alisher Qayumov 2024-yilning mart oyidan buyon O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi lavozimida ishlagan. Undan avval 2017-yildan buyon O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112074
Jamiyat
94759
Jamiyat
90788
Jamiyat
75587
Jamiyat
//
Izoh yo‘q