Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻqituvchilari ertalabki badantarbiya paytida Shakiraning “Waka waka” qoʻshigʻiga raqsga tushgani aks etgan videolavha tarqaldi. Xalq taʼlimi vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videoga “Koʻzboʻyamachilikning tubi bormi?!”, deya taʼrif bergan. Vazirlik matbuot kotibi bunga javoban quyidagilarni qayd etgan:
«Nahotki inson salomatligi va kayfiyati uchun amalga oshirgan ushbu ritmik badantarbiya mashqi ham biz uchun salbiy taassurot uygʻotsa?!
Sogʻlom turmush tarzi fasl va joy tanlamaydi. Rivojlangan davlatlarda ham ish kuni mana shunday badantarbiya mashqlari bilan boshlanadi. Bunday kayfiyatda boshlangan kun ish faoliyatida ham oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi.
Mashqlar oʻqituvchilarga qanchalik kayfiyat bagʻishlayotganini payqash qiyin emas».
Mazkur videoda Andijon viloyati Jalaquduq tuman 1-IDUM xodimlarining ertalabki ritmik gimnastika mashgʻulotlari aks etgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q