Siyosat
Bugun, 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi, deb xabar berdi Prezident Axborot xizmati.
.jpg)
Unda mamlakat mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash, harbiy xavfsizligini taʼminlash masalalari, shuningdek, joriy yil 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi jarayoni koʻrib chiqildi.
Dunyoda keskinlik va mojarolar oʻchoqlari saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib, yangi xatar va tahdidlar xavfi ortib borayotgani taʼkidlandi. Ayrim mintaqalardagi harbiy harakatlar jiddiy gumanitar va iqtisodiy oqibatlarga olib kelayotgan notinch xalqaro vaziyat sharoitida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda xavfsizligini taʼminlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Mudofaa vaziri qoʻshinlarning jangovar shayligini oshirish, qism va boʻlinmalarni tezkor tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnikalar bilan taʼminlash, harbiy-maʼmuriy sektorlar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.
Rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasi va jangovar harakatlar tajribasini oʻrganish, harbiy boshqaruv va tayyorgarlik tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, qoʻshinlar samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalar, jumladan, uchuvchisiz tizimlar va raqamli boshqaruv yechimlarini keng qoʻllash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, harbiy-maʼmuriy sektorlar, poligonlar, taʼlim muassasalari va moddiy-texnik taʼminot obyektlari infratuzilmasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni izchil davom ettirish, ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, zamonaviy qurol-yarogʻ va texnologiyalarni oʻzlashtirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilish yakunida davlat rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
111556
Jamiyat
94625
Jamiyat
90617
Jamiyat
75060
Jamiyat
//
Izoh yo‘q