Ilm-fan
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari — f.m.f.n., Galaktika astronomiyasi labarotoriyasi mudiri Otabek Burhonov va PhD, katta ilmiy xodim Kamoliddin Ergashev NASA tomonidan “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlandi.
Mukofot “Double Asteroid Redirection Test” (DART) xalqaro kosmik missiyasi doirasida amalga oshirilgan tarixiy ilmiy natija uchun berildi.
Ma'lumot uchun, DART missiyasi insoniyat tarixida birinchi marta asteroid orbitasini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilgan sayyoraviy himoya tajribasidir. Missiya 2022-yil 26-sentyabr kuni kichik asteroid tizimi – Didymos asteroidining yo‘ldoshi Dimorphosga kinetik zarba berish, ya’ni kosmik kema bilan to‘qnashishi orqali amalga oshirildi. Zarba natijasida Dimorphos'ning Didymos atrofidagi orbital davri o‘zgardi. Eng muhim jihati shundaki, ushbu o‘zgarish Yer va kosmik teleskoplar yordamida aniq o‘lchandi. Bu insoniyat tarixida birinchi marta sun’iy ravishda asteroid orbitasini o‘zgartirish va uning natijasini eksperimental tarzda tasdiqlash bo‘ldi.
Xabarda yozilishicha, o'zbek olimlari DART missiyasining yerdan kuzatuvlar bo‘yicha ishchi guruhi tarkibida Maydanak observatoriyasi teleskoplari bilan faol ishtirok etgan.

.jpg)
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112100
Jamiyat
94785
Jamiyat
90823
Jamiyat
75626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q