Oʻzbekistonda 100 yosh va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga qoʻshimcha pul toʻlanadi

Saqlash
22:33 / 18.01.2022 923 0

Oʻzbekistonda 100 yosh va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100 foizi miqdorida qoʻshimcha pul toʻlanadi. Bu haqida Norma xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, qoʻshimcha toʻlov Oʻzbekiston fuqarolari, Oʻzbekistonda doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻlanayotgan pensiyaga qoʻshib belgilanadi. Qoʻshimcha toʻlov:

 

  • 2015-yilning 1-mayiga qadar 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga 2015-yilning may oyidan boshlab;
  • 2015-yilning 1-mayidan keyin 100 yoshga toʻladigan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga toʻlgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qoʻshib toʻlanadi.

 

Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha toʻlov pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga mutanosib ravishda oʻzgartiriladi. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi. Toʻlov fuqaroga toʻlanayotgan pensiyani toʻlash toʻxtatilganda yoki toʻxtatib turilganda belgilangan tartibda toʻxtatiladi yoki toʻxtatib turiladi.

 

Qoʻshimcha toʻlov toʻlanadigan 6 oylik davr doimiy yashash uchun Oʻzbekiston tashqarisiga ketishdan avvalgi 6 oy uchun qoʻshimcha toʻlovni toʻlash arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi. Fuqaroga mablagʻ uning xohishiga koʻra roʻyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi.

 

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga toʻlov yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.

 

Fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan qoʻshimcha toʻlovni toʻlash “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunining 63-moddasida (pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani toʻlash va dafn etish uchun nafaqa toʻlash) nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//