Sport
Kecha FIDE Freestyle bo‘yicha Jahon Chempionati-2026 final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun Vinsent Keymer bilan to‘qnash keladi. Yakunda o‘zbekistonlik shaxmatchi 2,5-1,5 hisobida raqibini mag‘lub etdi va 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlanishicha, Nodirbek mazkur 3-o‘rin orqali 2027-yilgi Freestyle jahon chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasini ham yutib olgan.
7-o‘rin uchun Levon Aronyanga qarsgi dona surgan Javohir Sindarov esa armagedon bahsida raqibiga mag‘lub bo‘ldi va turnirni 8-o‘rinda yakunlagan holda 10 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Magnus Karlsen birinchi Freestyle jahon chempioni bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Fabiano Karuana band qildi.
Oldinroq Abdusattorov va Sindarov eng ko‘p daromad topgan TOP-10 shaxmatchi qatoridan joy olgani xabar qilingan edi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111688
Jamiyat
94649
Jamiyat
90639
Jamiyat
75186
Jamiyat
//
Izoh yo‘q