Sport
Chess.com onlayn shaxmat platformasi 2025-yilda xalqaro turnirlarda eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar ro‘yxatini e’lon qildi. E’tiborli tomoni, reytingda o‘zbekistonlik shaxmat ustalari – Nodibek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov ham bor. Ular xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etib, katta miqdordagi mukofot pullarini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Abdusattorov yil davomida 16 ta nufuzli turnirda qatnashib, jami 361 811 AQSh dollari miqdorida daromad qildi.
Sindarov esa 11 ta xalqaro musobaqada ishtirok etdi va 349 955 AQSh dollari miqdorida daromad oldi.
Ma’lumot uchun, Sindarov o‘tgan yili FIDE World Cup musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 120 000 AQSh dollari qiymatidagi mukofot puli bilan taqdirlangan edi.
Mazkur ko‘rsatkichlar bilan Abdusattorov dunyoning eng ko‘p daromat qilgan shaxmatchilari ichida 9-o‘rinni, Sindarov 10-o‘rinni band qildi.

Xalqaro turnirlarda 2025-yilda eng ko‘p darmoat qilgan grossmeyster Magnus Karlsen bo‘ldi. U jami bo‘lib 16 ta musibaqada ishtirok etgan va 1 455 276 AQSh dollari miqdorida foyda topgan.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111111
Jamiyat
94524
Jamiyat
90471
Jamiyat
74581
Jamiyat
//
Izoh yo‘q