Ilm-fan
YouTube platformasining 2025-yilda ishga tushirilgan foydalanuvchilarga xorijiy tildagi videolarini oʻz ona tillarida koʻrish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt asosidagi dublyaj funksiyasiga avval cheklangan tillar, jumladan, rus tili ham rasman qoʻshildi. Bu haqda Google rasman maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, dublyaj kutubxonasi 27 ta yangi tillarga boyitilib, 6–12 oy ichida oʻzbek tili ham qoʻshilishi kutilmoqda.
.jpg)
Avval SI tarjima faqat ingliz, ispan, fransuz va boshqa keng tarqalgan tillarni qoʻllab-quvvatlagan va bu funksiyadan faqatgina daromad keltiradigan akkauntlar foydalana olgan. Endi esa undan barcha vlogerlar foydalanishi mumkin.
Uni faollashtirish uchun videolarni tarmoqqa joylashdan avval SI-dublyaj katagiga belgi qoʻyishi kerak. Kuzatuvchilar boʻlsa sozlamalardagi tegishli belgini bosib, kerakli tilni tanlashi kerak.
Googleʻning taʻkidlashicha, videolarda SI dublyaj yoʻqligi tavsiyalarda video reklamasiga taʻsir qilmaydi. Biroq ushbu funksiyadan foydalanish koʻrishlar sonini oshirishi mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111764
Jamiyat
94666
Jamiyat
90659
Jamiyat
75256
Jamiyat
//
Izoh yo‘q